BOSHQARUV VA PEDAGOG KADRLARI BELARUSDA MALAKA OSHIRMOQDALAR

03.04.2025

Oʻzbekiston kasbiy taʼlim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlari Belarusda malaka oshirmoqdalar.

1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi kasbiy taʼlim muassasalarining 23 nafar boshqaruv va pedagog kadrlari Belarus Respublikasining Professional taʼlimni rivojlantirish instituti va professional taʼlim muassasalarida bir haftalik malaka oshirish kursini oʻtamoqdalar.

Kursda tinglovchilar avtomobillarni ishlatish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish, metallga ishlov berish, qayta tiklanuvchan energiya manbalari, nashriyot-matbaa, tikuvchilik kabi yoʻnalishlar boʻyicha kollejlar huzurida tashkil etilgan kompetensiya markazlari va laboratoriyalari bazalarida amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 5 =