BRAZILIYA OTMLARI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
07.09.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Braziliyaning nufuzli Kampinas universiteti dotsenti Xashiguti Simone bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda bir qator muhim masalalar qatorida universitetda portugal tilini o‘qitish tizimini joriy etish; o‘quv rejasi, dastur va metodik ta’minotni ishlab chiqish; Braziliyadan keladigan o‘qituvchini qabul qilish; mahalliy kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlarni o‘zaro qiziqtirgan boshqa hamkorlik yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqildi.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.