BRITANIYA KENGASHI BEPUL INGLIZ TILI KURSLARINI TAKLIF QILMOQDA

11.08.2020

Ingliz tilini takomillashtirish, turli xil predmetlar bo’yicha bilim olish hamda butun dunyo uzra ta’lim oluvchilar bilan aloqa o’rnatish maqsadida O’zbekistondagi Britaniya Kengashi bepul, keng ko’lamli ochiq onlayn kurslarni taklif qilmoqda. 

MOOC kurslar ro’yxati:

  • Ingliz tili haqida ko’proq bilim olish: Til va madaniyat
  • Ingliz tilini o’rganish: Shekspir
  • Ish joyida qo’llash uchun ingliz tilini o’rganish
  • Erta bolalikdan ingliz tilini o’rganish
  • Umumjahon darajasida ish o’rnini topishda muvaffaqiyat qozonish va boshqalar.

Batafsil: https://www.britishcouncil.uz/english/mooc