BUENOS-AIRES UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

25.04.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Argentinaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri – Universidad de Buenos Aires (UBA)da bo‘ldi. Uchrashuv davomida UBAning 25 mingdan ortiq talaba tahsil olayotgan Filosofía y Letras (Falsafa, til va adabiyot) fakulteti bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuv ilmiy va ta’limiy yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish, talaba hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va bu boradagi fikr almashinuvlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Universidad de Buenos Aires (UBA) — 1821-yilda tashkil topgan bo‘lib, Argentinaning eng yirik va nufuzli universiteti hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda 350 mingga yaqin talaba tahsil oladi. UBA 13 ta mustaqil institut, 20 ta muzey, 5 dan ortiq shifoxona, 13 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 6 ta maktab va kollej, 1 ta veterinariya klinikasi hamda Ricardo Rojas nomidagi Madaniyat markaziga ega.

2025-yilgi QS World University Rankings natijalariga ko‘ra, UBA jahonning eng yaxshi 100 ta universiteti qatorida bo‘lib, 71-o‘rinni, Lotin Amerikasi oliygohlari orasida esa 1-o‘rinni egallagan. Universitet akademik obro‘-e’tibor bo‘yicha 35-o‘rinda, bitiruvchilarning ishga joylashish salohiyati bo‘yicha esa 38-o‘rinda qayd etilgan.

Shuningdek, UBA bugungi kungacha 17 nafar Argentina prezidenti va 5 nafar Nobel mukofoti sovrindorini yetishtirib bergan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + 6 =