Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi.
Test sinovlari har kuni ikki smenada o‘tkaziladi:
1-smena: 08:00 – 11:00
2-smena: 15:00 – 18:00
Abituriyentlardan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin test sinovi o‘tkaziladigan hududga quyidagi hujjatlar bilan kelish so‘raladi:
* Pasport (ID-karta)ning asli
* Abituriyent ruxsatnomasi
Eslatma. Abituriyent:
1-smena uchun soat 07:30 ga qadar;
2-smena uchun soat 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tib, joy egallab bo‘lishi shart.
Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar bilan kelgan yoki belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.
Test sinovlari videokuzatuv ostida test2025.uz sayti orqali real vaqt rejimida onlayn translyatsiya qilinmoqda.




No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.