BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “YASHIL YEVROOSIYO” XALQARO TANLOVIDA MUTLAQ G’OLIB

03.07.2025

Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi Belorusiyada Xalqaro Yevroosiyo iqtisodiy sammiti doirasida tashkil etilgan “Yashil Yevroosiyo” xalqaro iqlim tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Universitet taqdim etgan “Yog‘och va sellyuloza materiallar uchun foto va termobarqaror polimerlar” loyihasi “Barqaror iqlimli shaharlar va infratuzilmalar” nominatsiyasida eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi.