BUXOROLIK YIGIT O‘ZBEKISTON TARIXIDA SAT BO‘YICHA ENG YUQORI BALL YIG‘DI

23.12.2024

Parviz Tuksanov dunyoning yetakchi universitetlariga asosiy kirish imtixonidan maksimal natijani qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija bilan u byudjet asosida Garvard, Stenford, Yel, Prinston, Oksford, Kembrid va boshqa yetakchi universitetlarda o‘qishni tanlashi mumkin.

Ma’lumot uchun: SAT qisqartmasi Scholastic Assessment Test — akademik baholash testi degan ma’noni anglatadi. Imtihon Amerika o‘quv dasturi uchun bilimlarini, shuningdek, abiturientning umumiy intellektual darajasini baholaydi.