«CENTRAL ASIA & TURKIYE YOUTH TALKS 2025» DASTURIGA ARIZALAR QABUL QILINMOQDA
01.07.20252025- yil 11–18 avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida OSCE O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, Dushanbe va Bishkekdagi OSCE dasturiy ofislari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo va Turkiyadan yoshlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro forum tashkil etmoqda.

Ushbu haftalik forum davomida ishtirokchilar o‘z g‘oya va tashabbuslarini baham ko‘rishlari, mintaqaviy va global muhokamalarda qatnashishlari hamda moliyaviy savodxonlik, raqamli sohada korrupsiyaga qarshi kurash, shuningdek, gender tengligini jadallashtirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
– 18–25 yosh oralig‘idagi Markaziy Osiyo va Turkiya fuqarolari;
– Jamoatchilik yoki mintaqaviy tashabbuslarda faol ishtirok etuvchilar;
– Yuqoridagi mavzularga qiziqishi bor, ingliz tilini yaxshi biluvchi yoshlar.
Ro’yxatdan o’tish muddati: 6-iyul, 2025
Ro’yxatdan o’tish shakli: Ushbu havola orqali
Murojaat uchun:
WhatsApp: +992 98 556 43 53
Email: POID-Election@osce.org
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.