CHET TILLARINI O’QITISH BO’YICHA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

03.03.2021

Respublika taʼlim markazi tomonidan chet tilini o’qitishda mavjud innovatsiyalar va yangi ishlanmalar sohasida tajriba almashish chet tillarini o’qitishdagi dolzarb masalalari bo’yicha fikr almashish maqsadida 2021-yil 9-aprel kuni “Chet tillarni o’qitishda yangicha metodlar va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o’tkaziladi.

Konferensiyaga taqdim etiladigan quyidagi mavzulardagi maqolalarni 2021-yil 25-martgacha foreignlanguagesconference@xtv.uz elektron manziliga yuborishingiz so’raladi:

  • Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar.
  • Tillarni oʻqitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uslublari.
  • Chet tillarni oʻqitishda pedagogik hamkorlik: tajriba va natija.
  • Anjuman olib boriladigan tillar: oʻzbek, rus, ingliz, nemis va fransuz tillari.

Anjumanda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilar tarkibi, yosh olimlar, doktorantlar, magistrantlar hamda maktab va kollejlarning o’qituvchilari taklif etiladi. Anjumanda ishtirok etish BEPUL, konferensiya materiallari elektron shaklda nashr etiladi va Respublika taʼlim markazi telegram kanaliga joylashtiriladi.