KO‘P TARMOQLI TADQIQOT VA TA’LIMNING GLOBAL ISTIQBOLLARIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN TASHKIL ETILDI
11.04.2025Chirchiq davlat pedagogika universitetida «Ko‘p tarmoqli tadqiqot va ta’limning global istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda, Turkiya, Indoneziya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus va Ukraina kabi davlatlardan nufuzli oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.


Xususan, Turkiyaning Iksad va Adan Alpasan texnologiya universiteti, Indoneziyaning Pendidikan va Nigeri Malang universiteti, Qozog‘istonning Yevroosiyo milliy universiteti, Rossiya ta’lim akademiyasi, Ozarbayjon biznes va menejment universiteti, Tojikiston davlat pedagogika universiteti kabi oliygohlardan professorlar qatnashdi.
Konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar taqdim etilib, oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, xalqaro tajribani o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya oliy ta’limni transformatsiya qilish va xalqaro tajribani joriy etish bo‘yicha muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Konferensiya yakunida xalqaro ta’lim va tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, ta’limda raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ta’lim standartlari va baholash tizimlarini integratsiyalash, yetakchi xorijiy universitetlarning ilg‘or tajribasini Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tatbiq etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.