“CHUNJIE – BAHOR NAFASI” BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA O’TKAZILDI

25.02.2026

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Chunjie – Xitoy bahori bayrami” nomli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar Xitoy xalqining boy urf-odatlari, bahor bayramining ramzlari va qadimiy an’analari bilan yaqindan tanishdilar. Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, madaniy chiqishlar va bayramona muhit tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Sharqona kayfiyat, yangilanish va ezgu tilaklar bilan o‘tgan ushbu bayram talabalar qalbida yorqin taassurot qoldirdi.