DASTURCHILAR UCHUN AQSHDA YOZGI AMALIYOT

21.12.2021

Janubiy Kaliforniyadagi USC universiteti kompyuterni o’rganish, statistik modellashtirish, kompyuter lingvistikasi, tarjima bo’yicha loyihalarni rivojlantirishga yordam beradigan stajyorlarni uchun amaliyot dasturini e’lon qildi.

Talablar:

  • Bakalavriat yoki magistratura talabasi bo’lish;
  • Umumiy dasturlash qobiliyatlari (tashkilotchi maxsus ko’nikmalarni o’rgatadi).

Mamlakat: Los Anjeles, AQSh

Amaliyot muddati: iyun-avgust 2022-yil

Til: Ingliz Tili

Stajyorlar AQShda yashash xarajatlarini qoplash uchun yetarli miqdorda ish haqi bilan ta’minlanadi.

Ariza berish muddati: 28-yanvar 2022-yil.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan topishingiz mumkin: https://www.isi.edu/projects/nlg/summer_internships