DAVLAT MUSTAQILLIGINING 34 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TMOQDA

29.08.2025

Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

“Yangi O‘zbekiston g‘oyasi asosida boshlagan ulkan islohotlarimiz tufayli mustaqillik bergan huquq va erkinliklarni har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida chuqur his qilib, bu imkoniyatlardan keng foydalanmoqda.

Aynan ana shu ulug‘vor g‘oya asosida biz uch ming yillik boy tarix va madaniyatimizni qaytadan idrok etdik.

Yurtimiz zaminidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans an’analarini rivojlantirib, Uchinchi Renessans sari dadil amaliy qadamlar qo‘ymoqdamiz.

Ishonchim komil, bu yo‘lda Yangi O‘zbekiston davlati, Yangi O‘zbekiston jamiyati buyuk tariximizni yangi, yanada yuksak Uyg‘onish davri bilan bog‘laydigan mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi”,
– dedi Prezident.

Shuningdek, davlatimiz rahbari: «Oldimizda qanday sinov va mashaqqatlar paydo bo‘lmasin, biz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xalqimizni rozi qilish yo‘lidan aslo ortga qaytmaymiz. Boshlagan buyuk ishlarimizni albatta oxiriga yetkazamiz. Hech qachon unutmaylik: biz barchamiz bitta xalq, bitta mamlakat, bitta oilamiz! Hammamizning taqdirimiz, kelajagimiz, baxtimiz va yutug‘imiz ham yagona va mushtarak», – deya ta’kidladi.

https://president.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × five =