2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 1-iyuldan 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Magistratura uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:
- Bakalavr diplomi
- Chet tilini bilish sertifikati
Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati.
Yuqoridagi havola orqali qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja kerakligini bilib olishingiz mumkin.
