2020-yil 1-iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq 2020/2021-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Veb-sayt: http://magistr.edu.uz
Eslatma: Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2020-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.
