DR. GIUSEPPE CARLO CHIARAMONTE TALABALAR UCHUN AMALIY MASHG‘ULOTLAR OLIB BORDI

22.09.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida AQSh elchixonasi vakili, volontyor o‘qituvchi Dr. Giuseppe Carlo Chiaramonte talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

Dars jarayonida: innovatsion ta’lim metodlari, jumladan talabalarni faol muloqotga jalb etuvchi interaktiv topshiriqlar; nutqiy faollikni oshirishga xizmat qiluvchi kommunikativ mashqlar; til o‘rganishda madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish usullari; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari keng yoritildi.

Ushbu mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Talabalar ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy konsepsiyalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Dr. Giuseppe Carlo Chiaramonte tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar fakultetda xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion ta’lim jarayonlarini qo‘llash hamda kasbiy kompetensiyani rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 3 =