DUAL TA’LIMDA GERMANIYA TAJRIBASI MAVZUSIGA YO’NALTIRILGAN XALQARO FORUM BO’LIB O’TDI
20.04.2025Farg‘ona viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari, ish beruvchi korxona va muassasalar mas’ullari ishtirokida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

“Dual ta’limda Germaniya tajribasi”, “Dual ta’limni tashkil etishda korxonalarning o‘rni”, “Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta’lim muassasalari integratsiyasi”, “Farg‘ona viloyatida dual ta’limni tashkil etish imkoniyatlari” kabi mavzulardagi chiqishlar qizg‘in savol-javob hamda bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.




Ish beruvchi korxonalar hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan dual ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar, tashabbus va loyihalar ilgari surildi. Tizimda yuz ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.