Dunyo bo’ylab oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish katta moliyaviy sarmoyani talab etadi. Jumladan, AQSh davlati eng qimmat ta`lim dasturlariga ega, Yevropa, Osiyo va Avstraliya mamlakatlari esa AQSh bilan qiyoslanganda o`zining talabalarga bepul ta’lim berishga mo`ljallangan dasturlari bilan ajralib turadi.
Harvey Mudd kolleji dunyodagi eng qimmat universitetlar 10 taligi reytingida birinchi o’rinda turadi.1955-yilda Harvey Mudd xususiy kollej sifatida tashkil etilgan. Bu ta’lim maskani texnologiya, gumanitar, muhandislik, matematika, san’at va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. US News & World Report ma’lumotlariga ko’ra, kollej AQShdagi eng yaxshi liberal san’at kollejlari orasida 15-o`rinni egallab turibdi. Harvey Mudd kolleji tabiiy fanlar, muhandislik va matematika sohasi bo’yicha yetakchilik qiladi.
Manzil: AQSh, Kaliforniya
Umumiy to’lov: 70 853 $

Jon Hopkins universiteti. Bu universitet dunyodagi eng qimmat universitetlar ro`yxatidan ikkinchi o`rinni egalladi. Jons Hopkins universiteti Merilend shtatining Baltimor shahrida joylashgan xususiy akademik muassasa hisoblanadi.1876-yilda tashkil etilgan bu universitet amerikalik savdogar Jon Hopkins nomiga atalgan.
Manzil: AQSh, Merilend shtati, Baltimor shahri
Umumiy to’lov: 68,852 $

Parsons dizayn maktabi. Ro`yxatimizdan o`rin olgan eng qimmat uchinchi muassasa «Parsons» nomi bilan atalgan xususiy san’at va dizayn maktabi. Muassasa Nyu-York shahri, Manhetten shtati, Grinvich qishlog’i yaqinida joylashgan. Muassasa xususiy bo`lishiga qaramasdan mahalliy ta`lim maskani sifatida faoliyat yuritadi.
Manzil: AQSh, Nyu-York, Manhetten
Umumiy to`lov: 67,266$

Dartmut kolleji. Ro`yxatimizdagi eng qimmat to’rtinchi muassasa Nyu-Xempshir shtatidagi Hannover shahrida joylashgan tadqiqot universiteti. 1769-yilda Elazar Uiklok tomonidan tashkil etilgan. Hozirga kelib AQShdagi qadimgi oliy o’quv yurtlari orasida to`qqizinchi o`rinda turadi. Ma`lumotlarga ko`ra, tarixda Amerika inqilobidan oldin ham eng mashhur to’qqiztalik kollejlardan biri bo`lgan.
Manzil: AQSh, NH 03755, Hannover
Umumiy to`lov: 67,044$

Kolumbiya universiteti. Dunyodagi eng qimmat beshinchi ta`lim dargohi. Muassasa 1754-yilda Buyuk Britaniya qiroli Jorj II tomonidan tashkil etilgan va hozirda Amerikadagi eng qadimgi universitetlardan biri hisoblanadi. Hududi 32 gektar maydonni egallagan. Amman, Pekin, Istanbul, Parij, Mumbay va Rio-de-Janeyro kabi ko’plab yirik shaharlarda Kolumbiya universitetining talabalar shaharchasi mavjud. Universitet ko’plab yo`nalishlarda yetuk mutaxasisslar tayyorlagan, AQShning beshta asoschisi, AQShning Oliy sud hukumati shular jumlasidandir.
Manzil: AQSh, Nyu-York
Umumiy to’lov: 66,383 $

Nyu-York universiteti. Nyu-York universiteti dunyodagi eng qimmat universitetlar ro’yxatida oltinchi o`rinda turadi. Universitet 1831-yilda tashkil etilgan. Chet davlatda o`qishni istaydigan talabalar uchun eng yaxshi oliy o’quv yurti hamda AQShdagi eng taniqli universitetlardan biri hisoblanadi. Nyu-York universiteti, Quyi Manxettenning Grinvichdagi asosiy kampusidan tashqari, Akkra, Berlin, Buenos-Ayres, Florensiya, London, Madrid, Parij, Praga, Sidney va Tel-Avivda boshqa talabalar shaharchalari tashkil etilgan. Ushbu oliy o’quv yurti turli sohalarda yetuk kadrlar tayyorlab kelmoqda.
Manzil: AQSh, NY 10003, Nyu-York
Umumiy to’lov: 65,850$

Sara Lorens kolleji. Dunyodagi yettinchi eng qimmat universitet. Ma`lumotlarga ko`ra, muassasa 1926-yilda Uilyam Duzer Lourens tomonidan tashkil qilingan. Shuningdek, kollej san’at va gumanitar fanlar bo’yicha ayollarga sifatli ta’lim bergan. Ushbu kollejda bir nechta yetakchi ayollar, notiqlar hamda yetuk mutaxasisslar yetishib chiqqan; Yoko Ono, Sigourney Vaver, Barbara Valters, Elis Valker, Amanda Burden va Sharon shular jumlasidandir .
Manzil: AQSh, Nyu-York10708, Bronxvill, 1 Mead Way
Umumiy to’lov: 65,630$

Vesleyan universiteti. Ro`yxatimizdagi sakkizinchi muassasa. Konnektikut shtati Midltaun shahrida joylashgan Vesleyan universiteti xususiy muassasa hisoblanadi. Universiet 1831-yilda tashkil etilgan hamda u yerda faqat erkaklar tahsil olishgan. Hozirga kelib Vesleyan universiteti NESCAC a’zosi sifatida Amherst va Uilyams kollejlari bilan raqobatlashayotgan «kichik uchlik» liberal san’at kollejlaridan biri hisoblanadi.
Manzil: AQSh, CT 06459, Midltaun
Umumiy to’lov: 65,443$

Chikago universiteti. Dunyodagi eng qimmat universitetlar ro’yxatidagi to`qqizinchi universitet. Ushbu universitet 1890-yilda AQShning «Eng yaxshi oliy o’quv yurti» maqomiga sazovor bo`lgan. Ko`pgina mamlakat talabalari bu muassasaga o`qish uchun ariza topshirishadi. Bugungi kunda ushbu universitet 15312 nafar talabaga ega va hajmi bo’yicha dunyodagi eng yirik universitet hisoblanadi. Universitet ta’lim, savdo, siyosat, ilm-fan va tadqiqot sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Microsoft bosh direktori Satya Nadella, Orakle asoschisi Larri Ellison va NBA komissari Adam Silverlar ham ushbu universitetda tahsil olishgan.
Manzil: AQSh, IL 60637, Chikago, Ellis ko`chasi 5801
Umumiy to’lov: 64,965 $

Klayermont Mikenna universiteti. Bu dunyodagi eng qimmat o`ninchi universitet bo’lib, G’arbiy Amerikaning eng yaxshi kollejlardan biri hisoblanadi. Piter Tyum, Esos Vater, Starbuks vitse-prezidenti, kongressmen Devid Drayer bu universitetning mashhur bitiruvchi talabalari qatoriga kiradi.
Manzil: AQSh, Kaliforniya
Umumiy to’lovlar: 64,325 $

Jumaniyazova Hilola tayyorladi
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
1 Comment so far
Jump into a conversationAjoyib