The Times Higher Education xalqaro tashkiloti 2024-yil uchun dunyodagi top universitetlar reytingini e’lon qildi. Mazkur reyting 108 mamlakatdagi 1904 ta universitetni qamrab olgan.

TOP-10 talikdan quyidagi universitetlar joy egallagan:
1. Oksford universiteti — Buyuk Britaniya.
2. Stendford universiteti — AQSh.
3. Massachusets texnologiya instituti — AQSh.
4. Garvard universiteti — AQSh.
5. Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya.
6. Prinston universiteti — AQSh.
7. Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSh.
8. London imperial kolleji — Buyuk Britaniya.
9. Kaliforniya universiteti — AQSh.
10. Yel universiteti — AQSh.
Reyting tahliliga ko‘ra, Oksford universiteti ketma-ket sakkizinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Batafsil: https://www.timeshighereducation.com/
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.