O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva universitetda amalga oshirilayotgan “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish” loyihasi doirasida AQSHning Konnektikut universiteti (UConn)ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet professori Tolga Tulker va “Center for International Students and Scholars (CISS) (https://isss.uconn.edu/)” markazi direktori professor Djenni Sleyton bilan ilm-fan va taʼlim borasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qildi.