“EL-YURT UMIDI” JAMG`ARMASI VA AQSHNING KOLORADO DAVLAT UNIVERSITETI O`RTASIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA
15.02.2024“El-yurt umidi” jamgʻarmasida Kolorado davlat universiteti dekani Travis Maynard bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad “El-yurt umidi” jamg`armasi va AQSHning Kolorado davlat universiteti o`rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va Jamg`arma stipendiantlarining Kolorado davlat universitetida ta`lim olishini tashkil etish va o`quv to`lovlaridan chegirmalar olish masalalaridan iborat.

Bundan tashqari, davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovka dasturini tashkil etish taklifini ham Travis Maynard qo`llab-quvvatladi. 2022 -yilning 9-fevral kuni ushbu universitet bilan “El-yurt umidi” jamg`armasi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo`lib, memorandumga ko`ra, Jamg`arma stipendiantlarining o`qish xarajatlaridan 20% chegirma berish belgilangan edi. Uchrashuvda mazkur chegirma miqdorini 35% oshirish masalasi muhokama qilindi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.