ENG ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN JIHOZLANGAN MULTIMEDIA STUDIYASI FOYDALANISHGA TAYYOR
07.08.2025Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan multimedia studiyasining ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Universitet rahbariyati va mutaxassislari uchun ushbu studiyaning texnik imkoniyatlari va faoliyati yuzasidan ichki taqdimot tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov boshchiligidagi rahbarlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.


Taqdimot davomida studiyaning uskunaviy ta’minoti, foydalanish qoidalari, shuningdek, videodarslar va ilmiy-ma’rifiy materiallar yaratishdagi imkoniyatlar haqida batafsil axborot berildi. Akademik Sirojiddinov mazkur loyiha universitetda raqamli ta’limni rivojlantirish va ilm-fan, tarix hamda madaniyat borasidagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim bosqich bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Yaqin kunlarda faoliyatini boshlashi kutilayotgan multimedia studiyasi orqali taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirokida ijtimoiy, ta’limiy hamda ilmiy kontentlar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.