ERASMUS+ DOIRASIDA TALABALAR FRANSIYADA TA’LIM OLISHMOQDA

10.09.2025

Joriy yilning 5-sentabridan boshlab bir guruh talabalarimiz Fransiyaning Poitiers universitetida Erasmus+ (talabalar almashinuvi) loyihasi doirasida o’qishlarini boshlashdi.

Bir semestr davom etadigan ushbu loyihada O’zDJTU Magistratura bo’limi Lingvistika (fransuz tili) talabalari hamda Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili nazaryasi kafedrasi 4-kurs talabasi ishtirok etmoqda.

Grant dasturi talabalarga birinchi navbatda o’z mutaxassisliklarini yuqori darajada egallashga va millatlar va madaniyatlar almashinuvidan yangi yangi bilimlar olib yurtimizga kerakli kadr bo’lib qaytishida yordam beradi.