ERASMUS+ HAFTALIGIGA START BERILDI

10.10.2022

Bugun, 10-oktyabr kuni Erasmus+ haftaligiga start berildi.

Haftalik doirasida turli formatdagi tadbirlar, Erasmus+ viktorinasi, Erasmus+ loyihalar natijalarining targ’iboti va “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish-CBHE” loyihalarining onlayn ko’rgazmasi, axborot seminarlar, podkast va intervyular tashkil etiladi.

Tadbirlarga qiziqish bildirganlar tashrif buyurishi mumkin, tadbir haqidagi ma’lumotlar bir kun oldin ma’lum etib boriladi. 

Ma’lumot o’rnida, Erasmus+ Haftaligi 2022-yil 10-15-oktyabr kunlari bo’lib o’tadi.