ERASMUS+ “LESLIE” LOYIHASINING YANGI YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI
09.12.2025Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida ERASMUS+ dasturining “LESLIE” loyihasi doirasidagi navbatdagi ishchi yig‘ilishi tashkil etildi.


Ushbu tadbirda Yevropa va Markaziy Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston tomonini ifodalagan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida loyiha bo‘yicha erishilgan oraliq natijalar tahlil qilinib, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.

