YEVROPA UNIVERSITETIDA O’ZBEK ANTROPONIMLARING KOGNITIV ASPEKTIGA BAG’ISHLANGAN MA’RUZA O’QILDI
26.05.2023Ruminiyaning Alba Yuliya shahridagi «1 DECEMBRIE 1918» universitetida ERASMUS+ dasturi bo’yicha xizmat safarida bo’lib turgan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti dekani falsafa fanlari doktori, dotsent Akmal Yuldashev ERASMUS+ loyihasi doirasida tahsil olayotgan talabalarga «O’zbek antroponimlaring kognitiv aspekti» mavzusida ma’ruza o’qidi.


Ushbu universitetning Ingliz adabiyoti kafedrasi professori Crina Herteg o’tilgan ma’ruzani yuqori baholadi. Talabalar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

