FLEDU.UZ JAMOASIDAN YANGI LOYIHA: “FLEDU KIDS”GA START BERILDI

13.12.2023

“O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portali tomonidan yangi loyihaga start berilmoqda.

FLEDU KIDS deb nomlangan bu loyihaning maqsadi yosh avlodga xorijiy tillarni «infoteynment» usulida o‘rgatishdan iboratdir.

Mazkur loyiha doirasida kichik yoshdagi bolalar FLEDU.UZning YouTube kanali orqali xorijiy tillarni o‘rganishlari mumkin. Shuningdek, mazkur materiallardan xorijiy tillarni o‘rgatish maqsadida ham foydalanish mumkin (mualliflik huquqi asosida).

FLEDU KIDS — tillar dunyosiga biz bilan birga!

FLEDU KIDS bilan tanishish uchun havola.

Ma’lumot o‘rnida: FLEDU KIDS loyihasi fledu.uz’ning Multimedia bo’limi tomonidan yaratildi, loyiha asoschilari va tuzuvchilari: D.Ashurova, U.Bekmuradov