FRANSIYALIK HAMKORLAR BILAN DO’STONA UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
25.01.2023
O’zbikiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german fakultеti Nazariy fanlar kafеdrasi o’qituvchisi, koordinator Nazira Ro’ziboyеva tashabbusi bilan Fransiya, Angulem shahri Sеnt-Mart Shavani ta’lim komplеksi Oliy ta’lim yo’nalishi bilan hamkorlik doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Fransiya tomonidan: Sеnt-Mart Shavani Oliy ta’lim yo’nalishi dirеktor o’rinbosari – Jan-Lyuk Nuaro, ikki nafar o’qituvchi – Silivi Blanshar, Janna Sharbonnеli, hamda ikki nafar talaba: Lyuka Mallе, Gabеn Bayu ishtirok etishdi.
Do’stona muzokaralarda ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar, fransuz tili o’qitilishining istiqbollari kabi masalalar o’rin oldi.
Uchrashu yakunida tomonlar, Oz’DJTU fransuz yo’nalishida tahsil olayotgan 3-4-bosqich talabalarning malakaviy amaliyotini Sеnt-Mart Shavanida ta’lim muassasasida o’tashga kelishib olishdi.





No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.