Samarqand davlat chet tillar institutiga 2019-yil 29-mart kunida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy hamkorlik bo‘yicha Attashe Sobhie Gingt tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Ashurov, Roman-german tillar fakulteti dekani B.Primov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev, fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi N.Suvonovalar ishtirokida institutda fransuz tilini rivojlantirish borasida hamkorlik ishlarini kengaytirish va rivojlantirishga aloqador fikr-mulohazalar almashinildi.
Tashrif so‘ngida fransuz tili o‘qituvchilari hamda mustaqil o‘rganuvchi va qiziquvchilar o‘rtasida mahorat darsi tashkil etildi.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.