GERMANIYA OAVDA STAJIROVKA

23.05.2022

Xalqaro jurnalistika dasturlari Germaniya OAVda 2 oylik stajirovka imkoniyatini beradigan Marion grafini Dyonxoff nomidagi dasturga qabul e’lon qiladi.

Kimlar ishtirok eta oladi — yosh jurnalistlar, blogerlar, frilanserlar va hujjatli filmlar rejissyorlari.

Talab etiladigan til — ingliz yoki nemis tili.

Stipendiat nemis tahririyatlarining birida muharrir-stajyor bo’lib ishlash bilan birga, o’z vatani OAViga Germaniyadan materiallar ham tayyorlaydi.

Stipendiya yo’l, tibbiy sug’urta va Germaniyada yashash harajatlarini qoplaydi.

Ariza topshirish muddati — 15-iyun, 2022-yil.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish ushbu havolada: https://www.ijp.org/ru/stipendien/doenhoff