GERMANIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
10.02.2026Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha referenti Florian Treger-Shtaintes hamda Germaniya elchixonasining birinchi kotibi Klemens Shvanhold bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, shuningdek “Markaziy Osiyo–Germaniya” formati doirasida munosabatlarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat doirasida ishtirokchilar Institut faoliyati, uning maqsad va vazifalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda hamkorligining hozirgi jarayonlari, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida erishilgan natijalar va tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o’zaro amaliy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, shu jumladan ikki tomonlama hamkorlik va ko‘p tomonlama muloqotlar doirasida amaliy tashriflar va ekspertlik muhokamalarini o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
