GERMANIYADA MAGISTRATURADA TA’LIM OLISH UCHUN GRANTLAR TANLOVI E’LON QILINDI

18.05.2020

Germaniyaning Gelmut Shmidt (Helmut-Schmidt-Programme) dasturi (Master‘s Scholarships for Public Policy and Good Governance) doirasida 2020-2021-o‘quv yili uchun arizalar qabuli boshlanmoqda.

Dastur ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u magistraturada grant asosida tahsil olish imkonini beradi. Grantda g‘olib bo‘lgan magistrning barcha xarajatlari to‘liq qoplanadi, oila aʼzolariga alohida pul ajratiladi hamda oylik 850 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar qabuli 2020-yilning 1-iyunidan 31-iyulga qadar davom etadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga shu yilning dekabr oyi o‘rtalarida xabar beriladi.

Batafsil