GERMANIYALIK OʻQITUVCHI GABRIELLA CWEN XONIM SEMINAR-MASHGʻULOTLARI OʻTKAZMOQDA
11.06.2024Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Nemis va fransuz tillari kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar uchun Xorijlik ekspert: Germaniyaning Xalqaro nemis tilini chet tili sifatida oʻqitish uyushmasi oʻqituvchi Gabriella Cwen xonim tomonidan seminar-mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Mashgʻulotlar davomida:
-Til bilish sertifikatini olish uchun qoʻyiladigan talablar;
-Til oʻqitishdagi zamonaviy yondashuvlar;
-Online darslarni tashkil etish usullari;
-Germaniyada oʻqish va ishlash kabi mavzularda suhbatlar olib borildi.


Jarayon 3-iyun kuni boshlangan boʻlib, 22-iyunga qadar davom etadi.
Oldinda bundan ham qiziqarli mavzular doirasida olib boriladigan suhbatlar fan oʻqituvchilari va boʻlajak mutaxassislar uchun foydali boʻlishini taʼkidladi Gabriella Cwen xonim.
