GERMANIYANING DAAD TASHKILOTI VAKILLARI VA BIR QATOR NUFUZLI UNIVERSITETLAR PROFESSORLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

21.02.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning DAAD tashkiloti vakillari va bir qator nufuzli universitetlar professorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda DAAD mas’ul xodimlari Elena Shmidt, Vera Rogova va Jamshid Karimov, DAAD lektori, O‘zDJTUda volontyor-o‘qituvchi Yohanna Mayer qatnashdi. Shuningdek, Myunxen Lyudvig Maksimillian universiteti professori Mark Hengerer, Fulda universiteti professori Joanna Uzga, Jade universiteti professori Mattias Berger va Berlin Texnika universiteti professori Natali Milaxin universitetga tashrif buyurdi.

Tadbirni O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov ochib berdi va mehmonlarga universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda nemis tili ta’limi haqida ma’lumot taqdim etdi. Shuningdek, DAAD vakili Elena Shmidt tashkilot faoliyati va loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdi. Germaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari esa o‘z universitetlari va hamkorlik imkoniyatlari haqida so‘z yuritdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar:

– Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini kengaytirish

– Erasmus+ va boshqa xalqaro loyihalarni amalga oshirish

– Ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni rivojlantirish

– O‘zDJTU nemis tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish

– Germaniya OTMlari talabalarini yozgi tillar lagerlariga jalb etish

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 4 =