GERMANIYANING SES TASHKILOTI VOLONTYORLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
11.04.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning SES (Katta yoshli ekspertlar) tashkiloti volontyorlari Astrid Hornoff va Petra Runge bilan muhim uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv davomida O‘zDJTU va SES tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
> Nemis tilini o‘qitish metodlarini takomillashtirish;
> Nemis tili bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni yangilashga ko‘maklashish;
> Talabalar uchun Germaniya OTMlarida o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumot berish;
> Germaniya OTMlari bilan aloqalar o‘rnatish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Ushbu uchrashuv ikki tomonlama ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.