GULCHEHRA RIXSIYEVA TURKIYA DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

29.10.2024

2024-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Turkiya Buyuk Millat Majlisida Turkiya-O‘zbekiston parlamentlararo guruh raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Osmon Mesten va Turkiya Buyuk Millat Majlisi deputati, TURKPA Huquqiy ishlar va xalqaro aloqalar komissiyasi a’zosi Filiz Kilich tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva qabul quldi va muzokara o’tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.