Gyote institutining Toshkent shahridagi filiali hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida takliflar almashinildi.


💬 Uchrashuv so’ngida Nemis tilini o’qitishni o’rganish (DLL) fanini keng ko’lamda institut talabalariga o’qitish va bu borada professor-o’qituvchilarning tajribasini oshirish yuzasidan tomonlar o’rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Jumladan, nemis tilini o’rganayotgan talabalar uchun Geothe imtihoniga tayyorlash kurslari tashkil etish hamda seminar treninglar o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishildi.
