HAMKORLIK AMALDA – ILK QADAMLAR SAMARADORLIK BILAN

04.06.2025

2025-yil 1-iyun kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi innovatsion hamkorlik forumi” doirasida Andijon davlat chet tillari instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi – “Northwest University” o‘rtasida erishilgan muhim kelishuvlar bugun o‘zining amaliy natijalarini bera boshladi.

“Northwest University”ning vakillari – tajribali mutaxassis va professor-o‘qituvchilar Andijon davlat chet tillari institutiga rasmiy tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirildi:

1. Xitoy tili markazi faoliyatiga start berildi –

Institut hududida zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan Xitoy tili markazi ochildi. Markazni zaruriy darsliklar, metodik materiallar va interaktiv o‘quv vositalari bilan ta’minlash “Northwest University” tomonidan amalga oshirildi. Ochilish marosimida ikki tomon vakillari ishtirok etib, hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashdilar.

2. Tajriba almashish va metodik maslahatlar berildi –

Tashrif doirasida xitoylik mutaxassislar institutda olib borilayotgan dars jarayonlarida ishtirok etishdi, professor-o‘qituvchilarning metodikasini o‘rgandilar. Shu bilan birga, institut Ma’ruzalar zalida o‘zlarining ilg‘or tajribalari asosida ochiq darslar o‘tkazishdi va samarali o‘qitish uslublari yuzasidan metodik maslahatlar berishdi. Bu jarayonlar institut pedagogik salohiyatini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur tashrif va amalga oshirilgan ishlar Andijon davlat chet tillari instituti hamda “Northwest University” o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlabgina qolmay, ikki xalq ta’lim tizimlari o‘rtasida madaniy va ilmiy almashinuv uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Institut jamoasi xorijiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six − 3 =