Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Namangan davlat chet tillari instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.


Memorandum orqali tashkil etilayotgan hamkorlik asosida oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytingda TOP-1000 talikka kirishini taʼminlash, kredit-modul tizimini joriy etish asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish kutilmoqda.


