HANKUK CHET TILLAR UNIVERSITETIDA O’ZBEKISTONDAN TASHRIF BUYURGAN RECTOR MA’RUZA O’QIDI
07.11.2025Hankuk chet tillari universiteti Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining yaqin hamkorlaridan hisoblanadi. Uzoq yillardan beri bu yerda o’zbek tili o’qitiladi. Shu bilan birga, qator yillardan beri koreyalik talabalar almashuv dasturlari doirasida hamkor oliy ta’lim muassasasi – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o’qib kelmoqdalar.
Shu kunlarda Janubiy Koreyada xizmat safarida bolib turgan TDSHU rektori G. Rixsiyeva Hankuk chet tillari universitetining (HUFS) Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti talabalari va professor-o’qituvchilariga «O’zbekiston strategiyasida til ta’limi va: xalqaro hamkorlik» mavzusida ma’ruza o’qidi.


Tadbir davomida hozirgi davrda dolzarb bo‘lgan til siyosati, “yumshoq kuch” konsepsiyasi va sun’iy intellektning ta’limdagi roli kabi masalalar yuzasidan ishtirokchilar bilan fikr almashildi.
G. Rixsiyeva ushbu kafedrada o‘zbek tili o‘qitiladigan guruhda mashg‘ulot o‘tkazib, dars jarayonini kuzatdi va talabalar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, HUFS universiteti prorektori bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Qolaversa, Markaziy Osiyo instituti direktori Dr. Son bilan kelgusidagi qo‘shma loyihalar va ish rejalari bo‘yicha fikr almashildi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.