HAQIQAT VA YOLG‘ON: SOXTA AXBOROTNI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?

24.03.2025

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari orqali tarqaladigan soxta ma’lumotlar soni keskin oshdi. Odamlar haqiqat va yolg‘onni farqlashda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shunga qaramay, yolg‘on ma’lumotlarni aniqlash va ulardan himoyalanish usullari mavjud. Ushbu maqolada soxta xabarlarni aniqlash bo‘yicha asosiy texnikalar bayon etiladi.

Zamonaviy axborot muhiti va soxta ma’lumotlar

Ommaviy axborot vositalari katta hajmdagi ma’lumotlarni taqdim etadi, ammo bu ma’lumotlar orasida noto‘g‘ri axborotlar ham uchrab turadi. Soxta xabarlar nafaqat faktlarni buzib ko‘rsatadi, balki e’tiborni jalb qilish va manipulyatsiya qilish uchun ham ishlatiladi. Ko‘pchilik bunday ma’lumotlarni tekshirmasdan qabul qilib, noto‘g‘ri xulosa chiqaradi. Shuning uchun, tanqidiy fikrlash bugungi kunda eng muhim ko‘nikmalardan biridir.

Soxta xabar (Fake News) nima?

Soxta xabar – bu chalg‘itish, manipulyatsiya yoki noto‘g‘ri axborot tarqatishga qaratilgan bayonot yoki xabar. Bunday ma’lumotlarning samaradorligi ularning quyidagi xususiyatlariga bog‘liq:

  • Ma’lum bir auditoriyaga moslashganligi – Xabardagi ma’lumotlar auditoriyaning e’tiqod va tushunchalariga zid kelmaydi.
  • Nufuzli manbalarga tayanishi – Siyosatchilar, olimlar yoki boshqa obro‘li shaxslarning fikrlariga havola qilinadi.
  • Haqiqiy voqealar bilan aralashtirilishi – Xabarga haqiqiy faktlar aralashtirilgani uchun u haqiqatga o‘xshab ko‘rinadi.

Soxta xabarlarni aniqlashning uch asosiy usuli

1. Umumiy dastlabki baholash

Soxta xabarlarni aniqlash uchun dastlab quyidagi savollarga javob berish lozim:

  • Xabarda ortiqcha hissiyot bormi?
  • Manbalarga havola berilganmi?

Agar maqolada “halokatli”, “oxirgi imkoniyat”, “hayot uchun xavfli” kabi ortiqcha dramatik iboralar ko‘p uchrasa, u noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, manbalar yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lsa, xabar ishonchli emas.

2. Asosiy manbani tekshirish

Haqiqiy ma’lumot ishonchli manbalar orqali tasdiqlanishi kerak. Quyidagilarni tekshirish lozim:

  • Ma’lumot boshqa ishonchli manbalarda mavjudmi?
  • Manba asl va ishonchliligi tasdiqlanganmi?

Ba’zi ommaviy axborot vositalari kichik saytlardan olingan shubhali ma’lumotlarni nashr qilishi mumkin. Agar ilmiy maqola haqida gap ketsa, unda yetarlicha tadqiqot o‘tkazilganligini va namunalar etarlicha keng qamrovli ekanligini tekshirish muhim.

3. Rad etishga urinish

Xabarning rost yoki yolg‘onligini aniqlash uchun quyidagi savollarni berish mumkin:

  • Bu da’volarni rad etish uchun qanday faktlar kerak?
  • Qaysi mutaxassislar bu ma’lumotlarni tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin?

Shuningdek, mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berish yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridagi materiallar orqali tekshirish ham foydali bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, soxta ma’lumotlar kundalik hayotimizga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Haqiqiylikni tekshirish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali biz yolg‘on axborotga qarshi kurashishimiz mumkin. Har qanday ma’lumotni qabul qilishdan avval uning manbasi va ishonchliligini tekshirish lozim. Axborot xurujlarining oldini olish uchun har birimiz ongli yondashuvga ega bo‘lishimiz kerak.

Manba

Xusnora ABDURAXMONOVA tarjimasi,
O‘zDJTU talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 2 =