HINDISTON UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

18.04.2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida muhim xalqaro hamkorlik yo‘nalishida yana bir qadam tashlandi.

Hindistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim ishtirokida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va Hindistonning Indira Gandhi Krishi Vishwavidyalaya (Raipur) universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.

Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy tadqiqot va madaniy almashinuv sohalarida yaqin hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.