HINDISTON UNIVERSITETLARI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
30.04.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Agra, Bhimrao Ambedkar universiteti (Hindiston) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Zoom platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda ikki tomon ham ta’lim, ilmiy tadqiqot va xalqaro hamkorlik sohalarda o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✔️ Ikki universitetning ta’lim va ilmiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot taqdim etildi (taqdimot va videolavha);
✔️ xorijiy tillar (fransuz, rus, nemis, ingliz, xind, sanskrit) va lingvistika sohalarida hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi;
✔️ talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha dasturlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi;
✔️ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar, seminarlar va vebinarlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi;
✔️ qo‘shma magistratura va diplom dasturlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi;
✔️ onlayn kurslar va ta’lim resurslari almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.