ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “MADANIYATLARARO ASPEKTDA SHARQ TILLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI”

24.05.2022

Bugun, 24-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti «Xitoy filologiyasi» kafedrasi tomonidan “Madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.

Anjumanning maqsadi madaniyatlararo aspektda Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb muammolari doirasida – filologiya, metodika, falsafa, tarix, sotsiolingvistika, lingvomadaniyat, tarjimashunoslik bo‘yicha ilmiy muammolar yuzasidan fikr almashishdir.

Anjuman quyidagi sho‘balarda ish yuritmoqda:

  • Tilshunoslik
  • Qiyosiy tilshunoslik
  • Pedagogika
  • Til o’qitish metodikasi
  • Tarjimashunoslik
  • Adabiyotshunoslik
  • Tarix.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikat berilishi kutilmoqda.