ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “TA’LIMDA AKT: MUAMMO VA YECHIMLAR”

21.04.2021

O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tomonidan 2021-yil 20-may kuni Toshkent shahrida “Ta’limda AKT: muammo va yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanning maqsadi: anjuman xalqaro miqyosida bo‘lib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xorijiy tillarni o‘qitishda samarali foydalanish malakasini rivojlantirish va ijobiy yutuqlarni chet tili ta’limi tizimiga joriy etish, mazkur yo‘nalish bo‘yicha taklif va mulohazalarni o‘rganishni ko‘zda tutadi.

Anjuman tilllari: o‘zbek, rus va ingliz.

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
• Chet tillarni o‘qitishda elektron ta’limni joriy etish masalalari.
• Chet tillarni o‘qitishda AKT ning samaradorligi.
• Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishda multimedia resurslarni amaliy joriy etish metodologiyasi.
• Elektron ta’limning Respublika ta’lim tizimiga tadbiq qilish masalalari.

Batafsil ma’lumot uchun AXBOROT XATI: