ILMIY ANJUMAN “RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA O‘ZBEK TILINI DAVLAT TILI VA XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISH MASALALARI”GA BAG’ISHLANDI
14.10.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.




Konferensiyani universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida O‘zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent O.Yusupov, xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor A.Nasirov hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari — Shimoliy Makedoniyadan Ozlem Kurt, Qozog‘istondan PhD, dotsent Sholpan Kudyarova, Rossiya Federatsiyasidan professor Beg’am Qorayeva va dotsent Darya Jigulskayalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Anjuman doirasida til o‘qitishdagi innovatsion metodlar, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni, raqamli resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy muhokamalar o‘tkazildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.