ILMIY G‘OYALAR HAMDA AMALIY TAJRIBA ALMASHINUVIGA QARATILGAN XALQARO FORUM BO‘LIB O‘TADI
20.10.202523–24-oktabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi” mavzusidagi IV Xalqaro forum o‘tkaziladi.
Ushbu an’anaviy forum xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalar hamda amaliy tajriba almashinuvi uchun samarali platforma yaratishga qaratilgan.
Forumda Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Xitoy, Indoneziya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Qozog‘iston, Hindiston, Qirg‘iziston va Misr kabi davlatlardan taniqli iqtisodchi olimlar va ekspertlar, shuningdek mamlakatimizning yetakchi iqtisodchilari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida 3 ta ilmiy-amaliy konferensiya, master-klasslar, tematik ko‘rgazmalar hamda xalqaro yoshlar festivali o‘tkaziladi. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar o‘rtasida startap va ilmiy maqolalar tanlovlari, fan olimpiadalari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Forum haqidagi batafsil ma’lumotlar strategy2025.tsue.uz saytida, shuningdek universitetning rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.