INDONEZIYA UNIVERSITETI BILAN NAVBATDAGI HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
28.08.2025Indoneziya Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti o‘rtasida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda Gumanitar fanlar fakulteti dekan muovini Dr. Untung Yuwono, Loyihalar va hamkorliklar bo‘limi direktori hamda UI GreenMetric xalqaro reyting bo‘limi vitse-prezidenti Dr. Junaidi, professor Guli Ergasheva hamda Indoneziya Universiteti ilmiy tadqiqotchisi Kahramon Yuldashev ishtirok etdilar. Muloqot davomida ikki tomonlama akademik hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida talabalar almashinuvi bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va University of Indonesia o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.