INDONEZIYANING NUFUZLI OLIY TA’LIM MUASSASI BILAN HAMKORLIK

17.04.2025

Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Indoneziya ta’lim, turizm va biznes forumi doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti delegatsiyasi Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Tarumanagara universiteti (Universitas Tarumanagara, UNTAR)ga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda tomonlar indoneziyalik talabalarni O‘zbekistondagi bakalavriat va magistratura dasturlariga, xususan, kommunikatsiya va jurnalistika yo‘nalishlariga jalb etish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va akademik loyihalar ustida ishlash, yozgi maktablar va qisqa muddatli akademik tashriflar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + fifteen =