INGLIZ TILI O’QITUVCHILARINING PROFESSIONAL DARAJASINI OSHIRISHGA QARATILGAN KURSLARDA ISHTIROK ETING

12.09.2023

Britaniya Kengashi A. Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda davlat maktablarining ingliz tili o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslariga taklif qiladi.

Kurs Britaniya Kengashining Onlayn O‘qituvchilar hamjamiyati platformasida 10 hafta davom etadi.

Kutilayotgan natija:
🔹 O’qitish darajangizni oshirish
🔹 Hamkasblar bilan tajriba almashish
🔹 Darslar uchun haftasiga taxminan 3 soat ajratish

👏 O’qituvchilik faoliyatingizni yangi cho’qqilarga olib chiqishga tayyormisiz?